Do‘koningiz ustidan to‘liq nazorat

Kassadagi har bir so‘m —
sizning nazoratingizda.

KASSIRAI savdo, kassa, ombor va nasiyani avtomatik hisoblaydi. Kassir sotadi — muhim qarorlar esa sizning nazoratingizda.

O‘rnatish shart emasBrauzerda ishlaydiUZ / RU

Do‘koningizdagi asosiy jarayonlar — bitta tizimda.

  • Savdo
  • Kassa
  • Ombor
  • Nasiya
  • Hisobot
  • Telegram

Do‘konda muammo savdoda emas.
Nazorat yo‘qligida.

Muammo

Kassa kam chiqadi

Kim va qachon — noma’lum.

KASSIRAI bilan

Tizim kassada qancha bo‘lishi kerakligini biladi. Kassir pulni sanab o‘zi yozadi — farq darhol ko‘rinadi.

Muammo

Kassir qaytarish qiladi

Egasi bundan keyin bilib qoladi.

KASSIRAI bilan

Kassir qaytarish qila olmaydi. U so‘rov yuboradi, siz telefoningizda tasdiqlaysiz yoki rad etasiz.

Muammo

Nasiya daftari yo‘qoladi

Kim qancha qarzdorligini aniqlash qiyin.

KASSIRAI bilan

Har bir qarz chek va sanasi bilan saqlanadi. Akt-sverkani chop etib, mijozga ko‘rsatasiz.

Muammo

Ombor qoldig‘i noma’lum

Qaysi mahsulot tugayotganini faqat sanaganda bilasiz.

KASSIRAI bilan

Har sotuvda qoldiq o‘zi kamayadi. Kam qolgan tovar haqida tizim ogohlantiradi.

Kassir faqat sotadi.
Qolganini siz hal qilasiz.

Pulga ta’sir qiladigan har bir amal egasi orqali o‘tadi. Javobni kutayotganda kassir keyingi xaridorga sotishda davom etadi.

Kassir

So‘rov yuboradi

Chek #1482 · qaytarish · sabab: mijoz sutni almashtirmoqchi

Chek #1482…
Sut 1 l × 112 000
Egasi

Telefonda tasdiqlaydi

Bir bosish: «Tasdiqlash» yoki «Rad etish» — sabab bilan

Qaytarish so‘rovi27:41
Rad etishTasdiqlash
KASSIRAI

Amalni qayd qiladi

Qoldiq, kassa va jurnal bitta amalda yangilanadi

+1 · Sut 1 l × 1
−12 000 so‘m
audit

Kassir uchun yopiq

  • Chegirmani faqat egasi qo‘yadi
  • Kassadan pul olish faqat egasi orqali
  • Nasiyaga sotish egasi tasdig‘i bilan
  • Ish vaqtidan tashqari kirish bloklanadi
Kassa nazorati

Kassa hech qachon «taxminan» bo‘lmaydi.

Kassir kutilgan summani ko‘rmaydi — pulni sanab, o‘zi yozadi. Tizim esa qancha bo‘lishi kerakligini biladi: boshlang‘ich naqd, naqd savdo, kassaga qo‘shilgan va olingan pul, naqd qaytarishlar.

  • Ko‘r sanash: raqamni «moslab» bo‘lmaydi
  • Kamomad va ortiqcha Z-hisobotda
  • Har smena kim ochgani va yopgani bilan
Ombor

Har bir sotuvdan keyin ombor o‘zi yangilanadi.

Sotuv, kirim, qaytarish va inventarizatsiya — har bir harakat jurnalga yoziladi. Kam qolgan tovar alohida ko‘rinadi.

  • Kirimda o‘rtacha tannarx o‘zi hisoblanadi
  • Kodi yo‘q tovarga shtrix-kod va stiker
  • Ta’minotchi bilan hisob-kitob
Nasiya

Nasiya daftarini telefoningizdan boshqaring.

Har mijozning qarzi, qaysi chekdan kelgani va to‘lovlari bir sahifada. Kassir nasiyaga faqat sizning tasdig‘ingiz bilan sotadi.

  • Har to‘lovga kvitansiya
  • Akt-sverka bir bosishda
  • Mijoz qarzidan ortiq pul qabul qilinmaydi
Hisobot

Do‘koningiz nima qilayotganini bir qarashda biling.

Savdo, foyda, cheklar, eng ko‘p sotilgan tovarlar va har kassirning savdosi — sana oralig‘i bo‘yicha. Jadvalni Excel uchun yuklab olasiz.

1-avgust – 30-sentabr
Savdo153,3 mln
Foyda31,6 mln
Cheklar2 351
O‘rtacha chek65 218
Eng ko‘p sotilgan
Non
Sut 1 l
Tuxum, 10 dona
Yog‘ 1 l
Shakar
Kassirlar
Kassirxon
Sardor (egasi)

Do‘koningizdagi muhim voqealar — telefoningizda.

Telegram botni ulang va qaysi xabarlar kelishini o‘zingiz tanlang. 5 tagacha telefon ulash mumkin.

  • Qaytarish so‘rovi
  • Nasiya so‘rovi
  • Smena yopildi — kassa natijasi bilan
  • Kam qolgan tovarlar
  • Xavfsizlik: parol ko‘p marta xato terilsa

Oddiy ko‘rinadi.
Chunki murakkabligini KASSIRAI qiladi.

Kassa ekrani tez ishlash uchun qilingan: skaner urilgan tovar bir zumda savatga tushadi, kassir sichqonchasiz — klaviatura bilan ishlaydi.

Qanday ishlaydi

  1. 01

    Bog‘laning

    Demo do‘konda tizimni ko‘ramiz.

  2. 02

    Do‘koningizni ulang

    Mahsulotlarni Excel orqali yuklang.

  3. 03

    Sotishni boshlang

    Kompyuter, skaner va chek printeri yetarli.

Savollar

Internetga ulangan kompyuter yoki noutbuk, shtrix-kod skaneri va 58 yoki 80 mm chek printeri. Skaner maxsus dasturisiz ishlaydi.

Savatdagi tovarlar saqlanib qoladi. Sahifani yopmang — internet qaytgach chekni saqlaysiz.

Sayt himoyalangan aloqa (https) orqali ishlaydi. Har do‘kon faqat o‘z ma’lumotini ko‘radi. Parolni taxmin qilib topishga urinish bloklanadi.

Ha. Hisobotlar, so‘rovlarni tasdiqlash va nasiya telefon brauzerida ishlaydi. Kassa ekrani kompyuter uchun mo‘ljallangan.

Ha. Har xodim o‘z tilini tanlaydi, chek tilini do‘kon egasi belgilaydi.

Narx do‘koningiz hajmiga qarab kelishiladi. Telegram yoki telefon orqali so‘rang.

Do‘koningizni nazorat qilishni
bugundan boshlang.

Demo so‘rang va KASSIRAI do‘koningizda qanday ishlashini ko‘ring.