Kassa kam chiqadi
Kim va qachon — noma’lum.
Tizim kassada qancha bo‘lishi kerakligini biladi. Kassir pulni sanab o‘zi yozadi — farq darhol ko‘rinadi.
KASSIRAI savdo, kassa, ombor va nasiyani avtomatik hisoblaydi. Kassir sotadi — muhim qarorlar esa sizning nazoratingizda.
Do‘koningizdagi asosiy jarayonlar — bitta tizimda.
Kim va qachon — noma’lum.
Tizim kassada qancha bo‘lishi kerakligini biladi. Kassir pulni sanab o‘zi yozadi — farq darhol ko‘rinadi.
Egasi bundan keyin bilib qoladi.
Kassir qaytarish qila olmaydi. U so‘rov yuboradi, siz telefoningizda tasdiqlaysiz yoki rad etasiz.
Kim qancha qarzdorligini aniqlash qiyin.
Har bir qarz chek va sanasi bilan saqlanadi. Akt-sverkani chop etib, mijozga ko‘rsatasiz.
Qaysi mahsulot tugayotganini faqat sanaganda bilasiz.
Har sotuvda qoldiq o‘zi kamayadi. Kam qolgan tovar haqida tizim ogohlantiradi.
Pulga ta’sir qiladigan har bir amal egasi orqali o‘tadi. Javobni kutayotganda kassir keyingi xaridorga sotishda davom etadi.
Chek #1482 · qaytarish · sabab: mijoz sutni almashtirmoqchi
Bir bosish: «Tasdiqlash» yoki «Rad etish» — sabab bilan
Qoldiq, kassa va jurnal bitta amalda yangilanadi
Kassir kutilgan summani ko‘rmaydi — pulni sanab, o‘zi yozadi. Tizim esa qancha bo‘lishi kerakligini biladi: boshlang‘ich naqd, naqd savdo, kassaga qo‘shilgan va olingan pul, naqd qaytarishlar.
Sotuv, kirim, qaytarish va inventarizatsiya — har bir harakat jurnalga yoziladi. Kam qolgan tovar alohida ko‘rinadi.
Har mijozning qarzi, qaysi chekdan kelgani va to‘lovlari bir sahifada. Kassir nasiyaga faqat sizning tasdig‘ingiz bilan sotadi.
Savdo, foyda, cheklar, eng ko‘p sotilgan tovarlar va har kassirning savdosi — sana oralig‘i bo‘yicha. Jadvalni Excel uchun yuklab olasiz.
Telegram botni ulang va qaysi xabarlar kelishini o‘zingiz tanlang. 5 tagacha telefon ulash mumkin.
Kassa ekrani tez ishlash uchun qilingan: skaner urilgan tovar bir zumda savatga tushadi, kassir sichqonchasiz — klaviatura bilan ishlaydi.
Demo do‘konda tizimni ko‘ramiz.
Mahsulotlarni Excel orqali yuklang.
Kompyuter, skaner va chek printeri yetarli.
Internetga ulangan kompyuter yoki noutbuk, shtrix-kod skaneri va 58 yoki 80 mm chek printeri. Skaner maxsus dasturisiz ishlaydi.
Savatdagi tovarlar saqlanib qoladi. Sahifani yopmang — internet qaytgach chekni saqlaysiz.
Sayt himoyalangan aloqa (https) orqali ishlaydi. Har do‘kon faqat o‘z ma’lumotini ko‘radi. Parolni taxmin qilib topishga urinish bloklanadi.
Ha. Hisobotlar, so‘rovlarni tasdiqlash va nasiya telefon brauzerida ishlaydi. Kassa ekrani kompyuter uchun mo‘ljallangan.
Ha. Har xodim o‘z tilini tanlaydi, chek tilini do‘kon egasi belgilaydi.
Narx do‘koningiz hajmiga qarab kelishiladi. Telegram yoki telefon orqali so‘rang.
Demo so‘rang va KASSIRAI do‘koningizda qanday ishlashini ko‘ring.